Keywords: Kultivatsiya, qatlam, donador, zichlashgan, g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi, g‘o‘za ildizlari, paxta xosili, zarur chuqurlik.
Abstract
Tuproq chigit ekilgandan so‘ng ancha zichlashib qoladi, bir tekis ko‘chat undirib olish uchun chigit suvi beriladigan maydonlar va yog‘ingarchiliklardan so‘ng tuproq yanada zichlashgani kuzatiladi. Tuproq zichlashishi natijasida g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi sekinlashib, tuproqdagi namlik kamayadi, o‘simlikning oziqlanish, kultivatsiya, sug‘orish sifati buzilib, begona o‘tlarning ko‘payishiga imkon yaratiladi.